O‘zbekiston | 19:15 / 29.06.2017
16355
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev maxsus texnika importini kamaytirish haqida topshiriq berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 iyun kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Krantas Group zavodiga tashrif buyurib, qurilish uchun maxsus texnika ishlab chiqaruvchi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident korxonada ishlab chiqarilayotgan maxsus texnika turlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, kelgusi besh yilga mo‘ljallangan davlat dasturini qayta ko‘rib chiqib, maxsus texnika importini kamaytirish, shu kabi korxonalarda mahalliylashtirilgan maxsus texnikalar xaridini ko‘paytirish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berdi.

O‘zAning qayd etishicha, bugungi kunda 645 kishi mehnat qilayotgan zavodda 2017—2018 yillarda yuk ko‘tarish quvvati 100 tonna bo‘lgan avtokranlar va ko‘p qavatli uy-joylar qurilishiga mo‘ljallangan 8 tonnalik minorali kranlar ishlab chiqarish loyihalashtirilgan.

Bundan tashqari, 2017 yilda korxonaning eksport hajmini 5 million dollarga yetkazish, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston kabi davlatlarga mahsulot eksport qilish rejalashtirilgan.

Mavzuga oid