Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi
Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 29 may kuni amaliy tashrif bilan Ostona shahrida bo‘ladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi tadbirlarida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari o‘rin olgan, deyiladi xabarda. Amaliy sheriklikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.
Mavzuga oid
21:50 / 14.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri va xalqiga hamdardlik bildirdi
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026