Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qarori ijrosini ta'minlash hamda mintaqada ishlab chiqarish, mavjud texnika va texnologiyalardan foydalanish, xizmat ko‘rsatishning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish, muhandislik ta'limini rivojlantirishda jahon tajribasini hisobga olgan holda kadrlar tayyorlash tizimini joylarda tashkil etishni yanada takomillashtirish va sifatini yaxshilash maqsadida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘grisida” 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali (keyingi o‘rinlarda Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali deb ataladi) tashkil etiladi.
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
transport tizimlari va yo‘llari hamda ularning ekspluatatsiyasi, kimyoviy texnologiya, bino va inshootlar qurilishi va materiallari, oziq-ovqat texnologiyasi, texnologik mashina va jihozlar, yengil sanoat texnologiyasi, ekologiya va sanoat xavfsizligi sohalarida yuqori malakali mutaxassislarni xalqaro standartlar darajasida sifatli tayyorlashni ta'minlash;
iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ilmiy-texnologik vazifalarini hal etishga, ilg‘or xorijiy texnologiyalarni sinab ko‘rish va joriy etishga yo‘naltirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish va ishlanmalarni amalga oshirish;
xorijiy mamlakatlar ta'lim muassasalarining tajribasini va mamlakat iqtisodiyoti talab-ehtiyojlarini hisobga olgan holda tegishli muhandislik-texnik va ishlab chiqarish yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy-uslubiy adabiyotlarni ishlab chiqish;
qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, ilmiy-ta'lim jarayoniga chet ellik mutaxassislarni jalb etish maqsadida texnika sohasidagi yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ilmiy markazlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish.
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga har yilgi talabalarni qabul qilish soni belgilangan tartibda tasdiqlanadigan respublika oliy ta'lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish kvotalaridan kelib chiqqan holda belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi 2017 yil 1 sentabrgacha Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialini tanlov asosida yuqori malakali professor-o‘qituvchilar bilan ta'minlash choralarini ko‘radi;
Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida o‘quv-metodik jarayonning tashkil etilishini ta'minlash, shtatlar jadvali va xarajatlar smetasini tasdiqlash, uni o‘quv adabiyotlari, zamonaviy o‘quv laboratoriya jihozlari va kompyuter texnikasi bilan ta'minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Termiz davlat universiteti qoshidagi Termiz akademik litseyi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining binolarida ijara to‘lovisiz joylashadi.
Quyidagilar Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilandi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablaglari; xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan tushumlar; jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari; xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.Yunusxodjayev zimmasiga yuklandi.
Tavsiya etamiz
O‘qituvchilarni ovoz yig‘ishga majburlagan maktab direktori ishdan olindi
O‘zbekiston | 11:20 / 14.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi
Jahon | 23:00 / 13.03.2025
“Xitoy bilan oramiz buzilishini istovchi davlatlar bor” – tarmoqdagi dolzarb mavzu haqida suhbat
O‘zbekiston | 15:17 / 13.03.2025
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30 / 13.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uitkoff Putin bilan uchrashish uchun 8 soat kutgani aytildi
Jahon | 18:18
-
Mask 2026 yil oxirida odamsifat robot Marsga uchishini e’lon qildi
Fan-texnika | 18:03
-
Radarlar qayd etgan tezlikdan 5 emas, 10 km/soat chegirib tashlanishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 17:51
-
AQSh 43 davlat, jumladan Rossiya va Belarus fuqarolarining kirishini cheklashi mumkin
Jahon | 17:13
Mavzuga oid

13:51 / 28.02.2025
2025 yilda xizmatlar sohasini rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari belgilandi

17:19 / 13.02.2025
Termizdagi logistika markazi BMT Global tarmog‘i ombori maqomini oldi

15:26 / 01.02.2025
Sanepidqo‘m faoliyati tartibi belgilandi

09:09 / 08.01.2025