Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
15 iyuldan ulgurji iste'molchilarga yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi o‘zgaradi
“O‘ztransgaz” AKning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston Respublika Moliya vazirligining 2017 yil 29 iyundagi №19-03-22-06-O‘zR-27-2017-sonli narxlarni ro‘yxatga olish reyestriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi ulgurji iste'molchilariga (shu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalariga) yetkazib beriladigan tabiiy gaz narxi o‘zgaradi.
Unga ko‘ra, 2017 yilning 15 iyulidan QQS hisobga olingan holda 1000 kub metri uchun 263 400 so‘m qilib belgilandi.
Tabiiy gaz kaloriya uchun qayta hisob-kitobsiz beriladi.
Ulgurji iste'molchilarga (shu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalariga) tabiiy gazning ulgurji narxi uning fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlaridan qat'i nazar yagona hisoblanadi.
Mazkur reyestr amal qilina boshlanilishi bilan ulgurji iste'molchilar (shu jumladan issiqlik ta'minoti korxonalar) uchun amal qiluvchi 2016 yilning 13 sentabrdagi №19-03-22-06-O‘zR-57-2016-sonli reyestr o‘z kuchini yo‘qotadi.
Mavzuga oid
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
22:09 / 08.06.2026
«Gazprom» O‘zbekistonga eksportni 15 foizga oshirganini ma’lum qildi
21:35 / 20.05.2026
O‘zbekiston Xitoyga 46 mln dollarlik tabiiy gaz yetkazdi
18:02 / 20.05.2026