Sport | 09:47 / 30.06.2017
30513
2 daqiqa o‘qiladi

Messi to‘yiga «Real»ning sobiq yulduzini taklif qildi

Bugun, 30 iyun kuni Lionel Messi Argentinada Antonella Rokkutstso bilan turmush quradi. Yilning eng shov-shuvli to‘yi bo‘lishi kutilayotgan bu marosimga yuzlab mehmonlar tashrif buyurishi kutilmoqda.  Nikoh oqshomi Rosariodagi shahar markazi majmuasida bo‘lib o‘tadi. 

Juftlik 5 yoshidan beri bir-birini taniydi. Antonella va Messining Tyago va Mateo ismli farzandlari bor. 

To‘yga taklif qilinganlar orasida Messining hozirgi va sobiq jamoadoshlari - Neymar, Luis Suares, Fabregas, Dani Alves kabi taniqli futbol yulduzlari ham mavjud. Marosim mehmonlari orasida «Real»ning sobiq yulduzi, argentinalik futbolchi Anxel Di Mariyani ham uchratish mumkin.

Bundan avvalgi xabarlarda u «Barselona»ning sobiq murabbiyi Luis Enrike, jamoa rahbari Bartomeu hamda Argentina terma jamoasining sobiq yulduzi va murabbiyi Diyego Armando Maradonani nikoh marosimiga aytmagani aytilgandi.

Феруза Авазова
Tayyorlagan Феруза Авазова
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid