Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda g‘alla o‘rimi avj pallasiga kirdi
Ayni payt Andijon viloyati g‘alla maydonlarida bug‘doyga o‘roq tushib, uni yig‘ish ishlari avj pallasiga kirgan.
Dehqon va mutaxassislarning fikricha, bu yilgi g‘allaning cho‘g‘i har yilgidan yaxshi. Viloyatning barcha fermer ho‘jaliklarida kuzdan boshlab qilingan mashaqqatli mehnatning hosilidan barakali xirmon ko‘tarilmoqda.

Jumladan, Oltinko‘l tumanidagi fermer ho‘jaliklari 4 ming 590 gektar yerda bug‘doy parvarishlab, ko‘zlangan 16370 tonnalik maqsadga erishdilar. Ularga hududda tuzilgan 11 ta otryad a'zolari yaqindan yordam bermoqda.

38 yildan beri dehqonchilik qilib kelayotgan Dilshodbek Mansurov boshchiligidagi “Oltinko‘l jannat yog‘dusi” ho‘jaligida bug‘doyning “Andijon-4” navi ekilib, gektaridan 71,8 sentnerdan hosil ko‘tarildi.

Kuni kecha mazkur ho‘jalik dehqonlarining mehnatlari munosib taqdirlanib, viloyat va tuman hokimligining qimmatbaho sovg‘alari topshirildi.
Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
09:42 / 14.02.2026
2025 yilda sabzavot yetishtirishda Andijon viloyati yetakchi bo‘ldi
09:19 / 14.02.2026
Andijonda 1 mln dollarlik “mefedron” narkolaboratoriyasi fosh etildi
10:11 / 13.02.2026
Andijonda tadbirkorni qotil yollab o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi – DXX
22:24 / 12.02.2026