Jahon | 13:15 / 01.07.2017
6431
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador qirg‘oqlaridagi kuchli zilzila mamlakatda vahima keltirib chiqardi

Foto: RIA "Novosti"

Ekvador qirg‘oqlaridan 30 kilometr masofada 6 magnitudali kuchli zilzila yuz berdi. Bu haqda Associated Press agentligi xabar tarqatgan‏.

Yer osti silkinishlari yirik shaharlarda sezilgan va aholi vahimada ko‘chalarga chopib chiqdi. Qurbonlar va vayronagarchiliklar haqida ma'lumot hozircha yo‘q.

Zilzila 2016 yilning aprelida kuchli seysmik zarba yuz bergan mintaqada sodir bo‘ldi. O‘shanda qariyb 700 kishi halok bo‘lgan va mamlakat iqtisodiyotiga 3 mlrd dollarlik zarar yetkazildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid