Jamiyat | 14:22 / 02.07.2017
16878
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropadagi eng issiq harorat rekordi yangilandi

Shanba kuni Gretsiyadagi jazirama - Tselsiy bo‘yicha 45,9 daraja - Yevropadagi eng issiq harorat rekordini yangiladi. Kritdagi Iraklion shahri yaqinidagi Mires hududida shunday harorat qayd qilindi. Bu haqida meteo.gr saytida xabar berildi

Gretsiyada bir haftdan ortiq vaqt davomida issiq harorat kuzatilmoqda, biroq payshanba kunidan boshlab bu yerdagi harorat 40 daraja issiqni qayd etgan. 

Sinoptiklar ma'lumotlariga ko‘ra, shanba kuni 4 kuzatuv stansiyasida termometr ko‘rsatkichlari 44 darajadan yuqorilagan, 25 stansiyada esa - 42 darajadan. 

Poytaxt Attika mintaqasida esa eng yuqori harorat Psixiko tumanida qayd etilgan - 43,4 daraja. Yakshanba kuni qator hududlarda, shu jumladan Attika va Peloponnesda maksimal havo harorati 44-45 darajani tashkil qiladi. 

Dushanba kuni haroratning o‘n darajaga - 33-34 darajagacha pasayishi kutilmoqda. 

Kasalliklarni nazorat va profilaktika qilish davlat markazi (KEELPNO) bunday jaziramada inson o‘zini qanday tutishi kerakligiga doir tavsiyalar bilan bo‘lishdi - quyoshdan himoyalanish, soya-salqin joylarda bo‘lish, ko‘proq suv ichish, me'yordan ortiq ovqatlanmaslik, yengil kiyinish, quyosh ostida og‘ir jismoniy mehant qilmaslik. 

Afina  meriyasi istagan odam issiqdan himoyalana olishi uchun poytaxtda 9 konditsionerli inshoot ochdi. Ushbu inshootlar birinchi navbatda aholining zaif himoyalangan guruhlariga mo‘ljallangan. 

Yong‘in xizmatlari quruq issiq havo tufayli yong‘in xavfsizligidan va gulxan yoqish taqiqlanishidan  ogohlantirishmoqda. Shunga qaramay, shanba kuni Gretsiyada bir necha yong‘in holatlari qayd etildi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid