Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriyada Bashar Asad surati tushirilgan banknotalar chiqarildi
Suriyada mamlakat prezidenti Bashar Asad surati tushirilgan ilk banknotalar muomalaga chiqarildi. Asadning surati yangi 2 ming Suriya funtida (10 dollar) paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Al Sura nashri.
2 ming funtlik banknota Suriyadagi eng yirik pul birligiga aylandi. Bungacha eng yirik banknota ming funtlik kupyura bo‘lgan.
Asad surati tushirilgan banknotalar muomalaga 2 iyulda chiqarildi. Suriya markaziy bankida ta'kidlanishicha, bu kupyuralar ancha avvalroq bosib qo‘yilgan, biroq urush va valyuta kurslaridagi tebranishlar sababli muomalaga kiritilmay kelingan.
Mavzuga oid
08:33 / 02.06.2026
Venada Asad davri generali ustidan sud boshlandi
08:29 / 01.06.2026
O‘zbekiston Suriyaga mahsulot eksport qilishni boshlamoqchi
20:33 / 30.05.2026
«Mehr» operatsiyalari natijasida 530 dan ortiq kishi O‘zbekistonga qaytarildi
18:07 / 30.05.2026