Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Fransiyadagi masjidlardan birining yonida otishma sodir etildi
2 iyul kechki vaqt Fransiya janubi-sharqida joylashgan Avinon shahridagi masjidlardan birining yonida otishma sodir etilishi oqibatida kamida 8 kishi jarohat oldi. Bu haqda La Provence nashri xabar bermoqda.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 22:30larda yuz bergan. Niqobda bo‘lgan 2 erkak masjid yoniga mashinada kelib, u yerdan chiqayotgan odamlarga o‘q uza boshlagan. Oqibatda ko‘chada bo‘lgan 4 kishi va yaqin oradagi binoda yashovchi 4 kishidan iborat oila jabr ko‘rgan.
Voqea joyiga politsiya yetib kelgan. Jinoyatchilar yashirinishga muvaffaq bo‘lishgan.
Mavzuga oid
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026
Yonilg‘i narxlari oshishi Yevropada elektromobillarga talabni kuchaytirdi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
08:50 / 08.06.2026