Tramp Fors ko‘rfazi davlatlari yetakchilari bilan muloqot o‘tkazdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 2 iyul kuni Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz Al Saud, Abu Dabi voris shahzodasi shayx Muhammad bin Zayd Al Nahayon va Qatar amiri Tamim bin Hamad Al Taniy bilan telefon orqali suhbatlashdi. U suhbati chog‘ida mintaqada birlik muhimligini uqdirdi, deyiladi Oq uy xabarida.
"Prezidentning ta'kidlashicha, mintaqadagi birlik Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan sammitning terrorizmni mag‘lub etish va mintaqaviy barqarorlikka ko‘maklashish bo‘yicha maqsadlarini bajarishda muhim rol o‘ynaydi. Prezident Trampga ko‘ra, uning tashabbusining muhim maqsadi – terrorizmni moliyalashtirishga barham berishdir", - deyiladi hujjatda.
Amerika yetakchisi "Fors ko‘rfazining ayrim davlatlari va arab mamlakatlarining Qatar o‘rtasidagi tortishuvlarning davom etayotganidan xavotirlarini bildirdi". "U terrorizmni moliyalashtirish va ekstremistlik mafkurasini obro‘sizlantirish muhimligini qayd etgan".
Eslatib o‘tamiz, 22 iyun kuni Bahrayn, BAA, Saudiya Arabistoni, Misr Qatarga Kuvayt orqali inqirozdan chiqish bo‘yicha 13 shartini ilgari surdi hamda ultimatum shartlarini bajarishga 10 muddat berishdi. Talablar orasida – Turkiya bilan harbiy hamkorlikka barham berish va Qatardagi Turkiya harbiy bazasi faoliyatiga barham berish kabilar bor. Buni rasmiy Anqara respublikaga hurmatsizlik deya baholadi. Bugun mazkur ultimatum muddati yana 48 soatga uzaytirilgani haqida xabar qilindi.
Mavzuga oid
20:17 / 12.11.2024
G‘azodagi urush: Qatar o‘rtadan chiqdi, lekin HAMAS ofisini yopmaydi
17:46 / 10.11.2024
Qatar Isroil va Hamas o‘rtasidagi vositachilikni to‘xtatdi
23:01 / 06.11.2024
Qatar aholisi parlament saylovlaridan voz kechishga ovoz berdi
17:35 / 16.10.2024