Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi Samsung Galaxy A ikki kameraga ega bo‘ladi
Samsung Galaxy Note 8 kompaniyaning ikki kameraga ega bo‘luvchi ilk qurilmalaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Biroq, aftidan, bundan keyin ikki kamerali holatlar shiddat bilan rivojlanadigan ko‘rinadi.
Yaqinda tarqalgan xabarlar hatto Galaxy A'ning "byudjyet" lineykasi, shuningdek Galaxy C seriyasining premium smartfonlari ham ikki kamerali bo‘lishiga ishora qilmoqda. Bugungi kunda iPhone 7, LG G5, Lenovo Phab 2 Pro va ASUS Zenfone 3 va Xitoyning ko‘plab smartfonlari ikki kamerali.
Galaxy A smartfonlari haqida shu paytgacha hech narsa bilmagan bo‘lsak-da, Galaxy C 10 bilan bog‘liq ma'lumotlar yetarlicha bo‘ldi. Umuman olganda, ularning ba'zilari Galaxy C 10 smartfoni Galaxy Note 8 relizigacha taqdim etilishi va shu tariqa Samsung'ning ikki kamerali ilk telefoni nomini undan tortib olishini ko‘zda tutgandi.
Agar Samsung chindan ham Galaxy A va C seriyalarini ikki kamera bilan ta'minlasa, bu xitoylik ishlab chiqaruvchilarga qarata berilgan katta zarba bo‘ladi. Ta'kidlash joizki, Samsung smartfonlari kameralari doim kompaniyaning kuchli tomoni bo‘lib kelgan.
Mavzuga oid
20:18 / 06.06.2026
Yangi Samsung Galaxy S27 Pro smartfoni haqida ma’lumot berildi
12:01 / 21.05.2026
Samsung ish tashlash boshlanishiga 1,5 soat qolganda kasaba uyushmasi bilan kelishuvga erishdi
08:42 / 06.05.2026
Samsung kompaniyasining bozor kapitallashuvi 1 trillion dollarga yetdi
23:34 / 18.04.2026