O‘zbekiston | 08:51 / 04.07.2017
8839
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Rossiya harbiy sohadagi hamkorlikni muhokama qildi

2017 yil 1 iyulda O‘zbekiston mudofaa vaziri, general-polkovnik Qobul Berdiyev Toshkentda Rossiya Markaziy harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Vladimir Zarudnitskiy boshchiligidagi delegatsiya bilan muzokaralar o‘tkazdi.

O‘zbekiston va Rossiya delegatsiyalari Markaziy Osiyodagi joriy vaziyat va xavfsizlikdagi muammolar bo‘yicha fikrlar almashishdi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston mudofaa vazirligi.   

Tomonlar, shuningdek, harbiy va harbiy-texnik sohalardagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishdi.

Rossiya mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Rossiya vakillari harbiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlashgan. 

Ikki tomon 2017 yil oxirigacha mintaqaviy xavfsizlik masalalari bo‘yicha shtab muzokaralari va Forish poligonida qo‘shma taktik mashg‘ulotlarni o‘tkazishga kelishib oldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid