Sport | 10:32 / 05.07.2017
7618
1 daqiqa o‘qiladi

«Kristal Pelas» stadiondagi parazitlarga qarshi sarimsoqpiyoz yordamida kurashadi

«Kristal Pelas» rasmiy saytida ma'lum qildiki, klubning uy stadionidagi gazonga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan parazitlarga qarshi sarimsoqpiyoz yordamida kurashiladi.

Qayd etilishicha, «Selxerst Park» stadioni gazoni parazitlardan jabr chekmoqda, qurtlar o‘simliklar ildizini yemirmoqda. Ularni bartaraf etish uchun klub agronomlari sarimsoqpiyoz yanchilishidan olingan moddani suyultirib qo‘llashga qaror qilgan.  Klub xodimlari 3 hafta davomida stadion gazoniga shu moddani sepishadi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid