Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubl kursining qulashi Rossiyaga 250 mlrd rubl keltirdi
Foto: life.ru
Rossiya milliy valyutasi qadrining so‘nggi bir yarim yil ichidagi rekord darajada pasayishi o‘z zaxiralarini xorijiy valyutada saqlab keladigan Rossiya hukumati uchun foydali bo‘ldi. Zaxira jamg‘armasi va Milliy farovonlik jamg‘armasi hajmlarini qayta hisoblash natijasida Moliya vazirligi bir oyda 247 mlrd rubl daromad ko‘rdi. Dollar kursining 2,23 rubl (3,9 foiz) va yevro 3,69 rubl (5,7 foiz)ga qimmatlashgani sababli Zaxira jamg‘armasi bir oyda 54,57 mlrd rubl ko‘proq mablag‘ga ega bo‘lgan.
Milliy farovonlik jamg‘armasi mablag‘lari, o‘z navbatida, 193,2 mlrd rublga ko‘paygan. Natijada, Rossiya moliya vazirligi yilning dastlabki 4 oyi mobaynida valyuta investitsiyalaridan ko‘rilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplashga erishdi.
Biroq, valyuta zaxiralari hajmi byudjyet darajasidan pastroq bo‘lib qolmoqda. Shunga ko‘ra, hukumat milliy valyutani yanada qadrsizlantirishi kerak. Byudjyetga kiritilgan tuzatishlarga muvofiq, yil oxirigacha Zaxira jamg‘armasidan 1,06 trln rubl olinadi. Hozirda uning miqdori 987 mlrd rublni tashkil etadi. Shunday qilib, jamg‘arma valyuta korzinasi yana 7,3 foizga qimmatlashishi kerak. Bu esa, bir dollar 63,2 rubl, bir yevro 72,2 rublgacha qadrsizlanishini anglatadi.
Mavzuga oid
14:43 / 17.12.2025
RF Yevropa sudiga da’volar kiritgan NNTni “nomaqbul” deb e’lon qildi
13:21 / 17.12.2025
Putin Baykal atrofida “sanitar” maqsadda o‘rmonlarni kesishga ruxsat berdi
11:20 / 17.12.2025
Moldova Kishinyov aeroportidagi «Lukoyl» terminalini musodara qiladi
10:09 / 17.12.2025