Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
60 nafar qiz Inha universiteti dasturlash kurslarida bepul ta'lim oladi

Bir oy davomida 60 nafar qiz Toshkent shahridagi Inha universiteti qoshidagi CodeCraft dasturlash kurslarida bepul ta'lim oladi. Bu haqida universitet saytida ma'lum qilindi.
Mazkur ta'lim loyihasi Toshkent shahridagi Inha universiteti tashabbusi bilan Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorlikda tashkil etildi.
Loyiha doirasidagi darslar 10 iyul kuni boshlanadi. Darslar 15 kishilik 4 guruhda ikki soatdan haftasiga uch marta o‘tkaziladi. Loyiha ishtirokchilari “Scratch” tilida dasturlash va “MIT App Inventor” platformasidagi “Android” mobil ilovalarini yaratishni o‘rganishadi.
CodeSraft kurslari rahbari Nuriddin Nurimov shunday dedi: “Mazkur qo‘shma loyiha qizlarning salohiyatini oshirishga va axborot texnologiyalari sohasida gender tenglikni ta'mirlashga qaratilgan. Hozirda dasturlash erkaklarning kasbi deb qaraladigan stereotip mavjud. Qizlar ham yaxshi dasturchi bo‘lishi va erkak dasturchilarga raqobat muhitini yaratishi mumkin”.
«Qizlar dasturlashni kelajak kasblari sifatida tanlashsa, foyda ko‘rishadi. Masalan, turmush qurganlaridan so‘ng yoki bola parvarishi vaqtida, uylaridan turib buyurtmalarni bajarishlari va pul ishlashlari mumkin. Bu orqali ular oila byudjyetiga mablag‘ keltirib, o‘zlarining iqtisodiy mustaqilligini ta'minlashadi», - dedi u.
2015 yilda Toshkent shahridagi Inha universiteti 9 yoshdan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun “Codecraft” loyihasini ishga tushirdi. Loyihaning maqsadi bolajonlarning barcha salohiyatlarini ro‘yobga chiqarib, kompyuterda ijodiy ishlarni bajarishga o‘rgatishdir.
Hozirda loyiha doirasidagi dasturlash kurslari “Scratch” tilida o‘tilib, “MIT App Inventor” platformasidagi “Android” mobil ilovalari asosida veb-saytlarni yaratish o‘rgatiladi.
Mavzuga oid
21:19 / 15.06.2026
Olimlik poygasi: bugungi tadqiqotchilarning motivatsiyasi nima?
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
11:21 / 13.03.2026
Norfolkdagi universitetda otishma: FTB hujumchini IShID tarafdori deb atadi
15:45 / 11.03.2026