Fan-texnika | 17:24 / 06.07.2017
28126
3 daqiqa o‘qiladi

Yeltsin, Putin va Medvedev harakatlangan limuzin sotuvga qo‘yildi

1995 yilda Germaniyada konveyrdan chiqqan 27 nusxadan birinchisi hisoblangan Pullman Sonderschutz noyob zirhli limuzini Rossiyada sotuvga qo‘yildi. 1995-2013 yillarda u Rossiyaning birinchi raqamli shaxslarini tashigan va Maxsus maqsadli garaj (MMG)da saqlangan. Nomini oshkor qilishni istamagan avtomobil egasi, retro-mashinalar kolleksioneri vakili «Gazeta.Ru»ga shu haqida ma'lumot berdi. 

Avtomobil Mercedes-Benz W140 — S-toifali flagman modellar seriyasi bazasida qurilgan. 33 837 million rubl so‘ralayotgan ko‘k rangli, charm salonli eng birinchi nusxa 6 litrli motor va avtomatik uzatish korobkasi bilan ta'minlangan. Shuningdek avtomobilda antiblok tizimi (ABS) va uch zonali iqlim nazorati bor.

"Bu avtomobil 1995 yilda qurilgan - eng birinchi nusxasi o‘sha yilning sentabrida Frankfurtdagi avtosalonda Mercedes stendida namoyish qilingan. Shundan so‘ng unga Germaniyaning o‘sha paytlagi kansleri Helmut Kolning nazari tushgan, - deydi avtomobil egasi vakili. - Biroq qandaydir sabablarga ko‘ra, u eksklyuziv versiyadan voz kechib, oddiysini tanlagan, Pullman Sonderschutz'ni esa o‘sha vaqtlar Rossiya prezidenti bo‘lgan Boris Yelsinga taqdim etgan. Shu tariqa Pullman Sonderschutz MMGga keladi. Keyinroq bu yerga ikkinchi, zaxira versiyasi ham keltirilgan". 

Yeltsin 12 yil davomida - 1995 yil oxiridan 2007 yilgacha (umrining oxiriga qadar) Pullman Sonderschutz'dan foydalangan. 

Shu paytgacha avtomobil MMG balansida bo‘lgan va unga o‘sha yerda xizmat ko‘rsatilgan, shu bois uning texnik holati va salonning holati deyarli mukammal desa ham bo‘ladi. 

Hukumat tepasiga Vladimir Putin kelgach, ilk Pullman Sonderschutz "meros" sifatida unga o‘tdi. Bundan tashqari, undan Dmitriy Medvedev ham foydalangan. 

Putin va Medvedev taxminan 2013-2014 yillarga qadar shu limuzinda harakatlanishgan, shundan so‘ng avtomobil "Rosimushchestvo" tomonidan rasmiy savdolarda sotilgan. 

Mavzuga oid