Iqtisodiyot | 19:14 / 06.07.2017
12797
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya banki dollar kursini 60 rubldan oshirdi

Rossiya banki tomondan dollarning 7  iyulga o‘rnatilgan rasmiy kursi 60,25 rublni tashkil qilmoqda. Kurs 60 tiyindan ko‘proqqa oshirilgan. Yevro esa 71 tiyinga oshirilib, 68,38 rublni tashkil qilgan.

Moskva birjasida dollar mahalliy vaqt bilan soat 14:20da 60,07 rubl, yevro esa 68,28 rubl turgan. 

Rubl neft narxi o‘zgarishi ortida kuchsizlanmoqda. Brent navidagi neft narxi 48,55 dollarni tashkil qilmoqda, 5 iyulda savdolar boshlanishi vaqtida uning narxi 49,73 dollar turgan.

6 iyulda Bank of America Merrill Lynch bankining Rossiya bo‘yicha bosh iqtisodiyotchisi Vladimir Osakovskiy 2017 yil oxiriga kelib dollar 60 rublni, yevro 65 rublni tashkil qilishini aytgan. 

2 kun avval esa Rayffayzenbank 3-chorak oxirida dollar kursi 65 rublgacha oshishi haqidagi prognozni chiqargan. "Tserix Kepital Menedjment" ham kuzga kelib dollar 62-65 rublgacha qimmatlashishi mumkinligini aytgan.

Mavzuga oid