Dunyoda iqtisodiy qudrati bo‘yicha yirik davlatlarning rahbarlari Germaniyaning Hamburg shahriga G20 sammitida ishtirok etish uchun yetib kelishdi. Sammitda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama etiladi.
Mezbon davlat rahbari Angela Merkel G20 davlatlari rahbarlarini kutib olayotgani tasvirlarini quyidagi fotojamlanmada ko‘rish mumkin.
Fransiya Germaniyaning eng yaqin qo‘shnisi va ittifoqchisi, ikki davlat rahbarlari munosabati ham shunga monand.
AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melanya Tramp bilan Polshadan Germaniyaga uchdi
Putin 6 iyul oqshomidayoq Hamburgda edi. Rossiya prezidenti tashkilotning ishchi yig‘ilishida ishtirok etadi, shuningdek, boshqa davlatlar rahbarlari, AQSh, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiya va Avstraliya rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o‘tkazadi.