Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Tramp va Putinga vositachilik qilishdan bosh tortdi
Foto:epa/vostock-photo
Germaniya federal kansleri Angela Merkel Hamburgdagi G20 sammiti doirasida AQSh va Rossiya prezidentlari o‘rtasida vositachi bo‘lishdan bosh tortdi. Bu haqda u jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida ma'lum qildi.
«Bizning aniq nuqtai nazarimiz bor, shu jumladan, Ukrainadagi vaziyat bo‘yicha ham. Bu jihatdan biz Normand formatida sa'y-harakatlarni amalga oshirmoqdamiz, shu jumladan, AQSh bilan birga ham yechim topishga urinmoqdamiz», — deya frau Merkelning so‘zlarini keltirgan Deutsche Welle.
U o‘z vazifasini vositachilikda ko‘rmayotgani, muammo yechimiga hissa qo‘shishni istashi haqida qo‘shimcha qilgan.
Merkel xonim Hamburg sammiti doirasidagi muloqotlar Suriyadagi vaziyat bo‘yicha ham olg‘a siljishlar bo‘lishiga umid qilgan.
Bundan tashqari, Germaniya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, sammit davomida Kiyev va Moskvaning pozitsiyalarini yaqinlashtirish uchun harakatlar amalga oshiriladi.
Rossiya va AQSh prezidentlari sammit doirasida bugun, Toshkent vaqti bilan soat 18:45da uchrashuv boshlaydi. Bu ikki yirik siyosatchining ilk uchrashuvi bo‘ladi.
Mavzuga oid
14:27 / 04.02.2026
Hamburgda “Shimoliy oqim” ishi bo‘yicha gumonlanuvchining shikoyatlariga javob berildi
09:37 / 06.09.2025
Donald Tramp JARdagi G20 sammitida qatnashmaydi
23:27 / 23.05.2025
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
20:44 / 09.03.2025