Jahon | 19:52 / 08.07.2017
6037
1 daqiqa o‘qiladi

Yaponiyadagi dahshatli to‘fon 16 kishining umriga zomin bo‘ldi

Foto: Reuters

Yaponiya janubida joylashgaan Kyushu mintaqasida davom etayotgan rekord darajadagi yog‘ingarchilik sababli Fukuoka va Oita prefekturalarida 16 kishi qurbon bo‘ldi, deb xabar qilmoqda NHK telekompaniyasi.

Qutqaruvchilar guruhi Fukuokadagi Asakura shahrida tabiiy ofatdan halok bo‘lgan kishining jasadini topishgan. Shu bilan bu prefekturada hayotdan ko‘z yumganlar soni 13 nafarga yetgan. 

Fukuoka rasmiylari 14 kishining taqdiri noma'lum qolayotganini aytar ekan, 10 kishi jarohatlanganini ma'lum qilgan. 

Oitada 3 kishining yostig‘i qurigani rasman tasdiqlangan, 4 kishi jabrlangan. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid