Sport | 11:30 / 09.07.2017
13602
1 daqiqa o‘qiladi

Karlush Keyrush: «Eron Rossiyaga aslo aylangani borayotgani yo‘q»

Foto: iransportspress.com

Futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Karlush Keyrush 2018 yili Rossiyada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida o‘z jamoasining qatnashuvi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

«Mening orzum — guruhdan chiqish va pley-offda o‘ynash. Biz uchun bu juda muhim intilish. Biz kengroq miqyosda fikrlashimiz va ambitsiyali bo‘lishimiz talab etiladi. Biz Rossiyaga aylangani borayotganimiz yo‘q axir», — deya Keyrushning so‘zlarini keltirmoqda Zero Hora nashri.

12 iyun kuni Tehronda O‘zbekiston milliy terma jamoasi ustidan qozonilgan 2:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Eron milliy terma jamoasi Rossiya va Braziliyadan so‘ng JCh-2018ning uchinchi ishtirokchisiga aylangan edi.

Eron terma jamoasi ilgari 1978, 1998, 2006 va 2014 yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etgan

Mavzuga oid