Sönggi ikki yil davomida Kolumbiya milliy jamoasi boş murabbiyi sifatida işlagan portugaliyalik 67 yoşli mutaxassis bilan bugun, 2 dekabr kuni şartnoma bekor qilingan. Kolumbiyaliklar Keyruş qöl ostida 18 öyinda maydonga tuşib, 9 ğalaba, 4 durang va 5 ta mağlubiyat qayd etdi.
Kolumbiya JÇ-2022 saralaş bosqiçi doirasida Ekvadorga 1:6 hisobida mağlub bölgaç, Keyruş iste'foga çiqarilgan. Kolumbiyaliklar JÇ-2022 Janubiy Amerika saralaş bosqiçi turnir jadvalida 7-örinda bormoqda.
Ma'lumot uçun, Keyruşga ikki yil oldin Kolumbiyaga ketişidan avval Özbekiston milliy jamoasini boşqariş taklif qilingan, lekin tomonlar şartnoma şartlari böyiça kelişa olmagan. Keyruş rad javobini bergaç, Özbekiston milliy jamoasiga argentinalik Ektor Kuper olib kelingandi.
Osiyo Kubogi-2019 musobaqasida Özbekistonni olib borgan Kuper JÇ-2022 saralaşidan örin olgan Falastinga qarşi öyinda Özbekiston 0:2 hisobida mağlubiyatga uçragaç, iste'foga çiqarilgandi. Ayni damda Özbekiston milliy jamoasini özbekistonlik Vadim Abramov boşqarmoqda. Uning qöl ostidagi Özbekiston JÇ-2022 Osiyo saralaş bosqiçining «D» guruhida 9 oçko bilan yetakçilik qilmoqda.












