Jamiyat | 09:03 / 10.07.2017
19293
1 daqiqa o‘qiladi

Chirchiq daryosidagi orolchaga tushib qolgan yigit qutqarib qolindi

Foto: fvv.uz

2017 yilning 6 iyul kuni soat 22:07 FVV navbatchilik qismiga cho‘milish qoidalarini buzganligi natijasida bir kishi Toshkent shahri Bektemir tumani hududidan oqib o‘tuvchi Chirchiq daryosining chap tomonidagi qirg‘og‘i yonida joylashgan kichik orolchaga tushib qolgani va uni qutqarish uchun yordam so‘rayotganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar bergan

Ushbu ma'lumotga ko‘ra, FVV qutqaruv otryadi voqea joyiga 22:20 da yetib borgan. Qutqaruvchilar tomonidan tungi vaqtda cheklangan ko‘rinishga va qattiq oqimga qaramasdan, maxsus qayiqda fuqaro Muzaffar (21 yosh) qutqarib olingan, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va yaqinlariga topshirilgan.

Mavzuga oid