Jahon | 18:34 / 10.07.2017
4788
2 daqiqa o‘qiladi

NASA mitti sayyora soyasini Yerda kuzatishga urinib ko‘radi

Foto: NACA

Bugun noyob SOFIA uchib yuruvchi observatoriyasi 2014 MU69 mitti sayyorasining soyasini "quvib yetib", uni suratga tushirishga urinib ko‘radi. U Pluton darakchisi hisoblanadi. Mitti sayyora tungi osmon yulduzlaridan birini to‘sgan vaqtda suratga olinadi, deb xabar qilmoqda NASA agentligi.

"2015 yil iyun oyida New Horizons Plutonga yetib kelmasidan biroz avval, biz shunday kuzatuvlarni o‘tkazganmiz. O‘shanda Pluton soyasini o‘rganib, uning atmosferasiga doir ajoyib ma'lumotlarni qo‘lga kiritganmiz. Bu yil o‘sha ilmiy jamoa bilan hamkorlikni davom ettirgan holda 2019 yili fazo zondining 2014 MU69 yaqinidan xavfsiz masofada uchib o‘tishiga oid muhim ma'lumotni qo‘lga kiritamiz", — degan SOFIA loyihasi rahbari Kimberli Smit. 

New Horizons o‘tgan yil oktabr va noyabr oylarida Pluton hamda uning yo‘ldoshlariga doir juda qiziqarli suratlar, muhim ilmiy ma'lumotlarni yuborganidan so‘ng, 4 bosqichli quvib yetish va tezlashish harakatlarini amalga oshirdi. U buning natijasida 2019 yil yanvarida 2014 MU69 fazo jismiga duch keladi.

Shu yilning iyun oyida astronomlar ilk marotaba 2014 MU69 uzoq yulduz aylanasi uzra o‘tib, uning nurini so‘ndirishini kuzatishga urinib ko‘rishdi. Biroq, astronomlar mitti sayyoraning soyasini ko‘ra olishmadi. Shundan so‘ng, ular umuman bunday sayyora borligiga shubha qila boshlashdi. 

Maxsus "Boinga-747" samolyoti bortiga o‘rnatilgan SOFIA teleskopi bu muammoni hal etishga yordam beradi. U yerdagi teleskoplarga qaraganda ancha sezgir va katta o‘lchamli. Shu boisdan ham olimlar mitti sayyora soyasining suratini olishga umid qilishmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid