Marsyurardan uzatilgan uning muvaffaqiyatli qöngani haqidagi ma'lumotlar boşqaruv markazida yengil tin oliş va gulduros qarsaklar bilan kutib olindi.

Marsyurarning qizil sayyoradagi asosiy vazifasi tirik hayot izini qidirişdan iborat. Olimlar bu sayyorada suv mavjud bölgan davrlar – 3-4 milliard yillar avvalgi vaqtga töğri keladi, deb işonişmoqda.

NASA

«Perseverans» sönggi bir oy içida Marsga qöngan uçinçi kosmik apparat böldi. Avvalroq uning orbitasiga BAA va Xitoyning robotlari ham kirişgandi. Barça uç missiya Yerni 2020 yilning iyulida tark etişgandi.

«Bu ğaroyib. Apparatni jönatiş pandemiya şaroiti tufayli juda qiyin şaroitlarda va ehtiyot çoralari körilayotgan bir paytda böldi. Bu quvonçimizni oşiradi. «Perseverans» kelajakdagi marsyurarlar uçun skaut vazifasini bajaradi. Muvaffaqiyatli qöniş navbatdagi missiyalar vazifasini yengillaştiradi», deydi NASA rahbari vazifasini bajaruvçi Stiv Yurçik.

«Salom dunyo. Bir umrlik uyimga birinçi bor nazar solyapman» deb yozildi «Perseverans» uçun tvitterda oçilgan akkauntda.

Robot, şuningdek, Yezero kraterining kadrini ham joylaştirdi.

Har ikki surat ham robotning qizil sayyoraga qönganidan keyin jönatgan ilk fotolaridir.

Marsga qöniş oson iş keçmadi. Oydan farqli ölaroq, uning atmosferasi qönişni ança murakkablaştiradi: bu kabi missiyalarning 40 foizigina muvaffaqiyatli yakunlanadi.

Atlas-5 raketa taşuvçisi AQŞning «Perseverans» marsyurar roveri bilan Kanaveral burnidagi kosmodromdan 2020 yilning 30 iyulida fazoga kötarilgandi. Yarim yil içida fazoviy kema Yerdan Marsgaça qariyb 500 million kilometr masofani bosib ötdi.