Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina xorijliklarning mamlakatga kirishi uchun yangi tartib joriy qiladi
Ukraina chegara nazorati kuchaytirilishi haqida e'lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, bu birinchi galda Rossiya fuqarolariga tegishli bo‘ladi. Bu haqda Ukraina mudofaa va milliy xavfsizlik kengashining navbatdagi majlisida uning kotibi Aleksandr Turchinov bayonot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2018 yil 1 yanvaridan boshlab davlat chegarasini kesib o‘tayotgan barcha xorijliklar uchun biometrik nazorat joriy qilinadi. "Bu birinchi galda Rossiya fuqarolariga tegishli bo‘ladi", - degan Turchinov va rossiyaliklarning Ukrainaga kirishlari "barmoq izlari majburiy olinishi bilan amalga oshiriladi".
U, shuningdek, Ukrainaga kelmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarosi safarii oldidan elektron ro‘yxatdan o‘tishi talab etilishini bildirgan. "Ya'ni, Ukrainaga tashrif buyurmoqchi bo‘lgan RF fuqarosi, dastlab ro‘yxatdan o‘tib, Ukraina TIVga kerakli ma'lumotlarni taqdim etishi kerak bo‘ladi", - deya tushuntirgan Turchinov.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, endilikda, Ukrainada bo‘lib turgan rossiyaliklar Xavfsizlik kengashining topshirig‘iga binoan, majburiy ro‘yxatdan o‘tishlari kerak bo‘ladi. Ular o‘zlarining yashash joylari haqida axborot berishlari shart.
Mavzuga oid
09:50
Monetochkaga Rossiyada bir yillik koloniya jazosi tayinlandi
20:34 / 07.07.2026
XOQ rossiyalik sportchilardan barcha cheklovlarni olib tashlashni tavsiya qildi
09:55 / 07.07.2026
Ryutte: NATO Ukrainaga yordamni davom ettirishi shart
09:14 / 07.07.2026