Sport | 22:30 / 11.07.2017
22007
1 daqiqa o‘qiladi

2024 va 2028 yillardagi Olimpiadalar mezbonlari bo‘yicha yakuniy qarorga kelindi

Foto: Getty Images

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi 2024 va 2028 yillardagi Olimpiadalar o‘tkaziladigan nomzod shaharlar Parij va Los-Anjyeles bo‘lishi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.

Bu qaror XOQning Lozannada o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida qabul qilindi. Ikki shahar bo‘yicha ovoz berish sentabr oyida bo‘lib o‘tadi.

Bunda, rejaga ko‘ra, 2024 yilgi Olimpiadani o‘tkazish huquqini boy bergan shahar, avtomatik ravishda 2028 yilgisini o‘tkazish huquqini oladi. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid