Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Paxtakor» yana 5 futbolchi bilan shartnoma imzoladi
Toshkentning «Paxtakor» klubi bugun o‘tkazilgan matbuot anjumanida yana 5 futbolchini tarkibga qo‘shib olganini e'lon qildi.
«Paxtakor» ikki legioner - braziliyalik Tiago Bezerra va isroillik Gidi Kanyukni, mahalliy futbolchilar Zabihillo O‘rinboyev, Sherzod A'zamov va Eldor Suyunovni o‘z futbolchilari sifatida tanishtirdi.
«Paxtakor» yangi, ikkita legioner va uchta mahalliy futbolchilarni o‘z safiga qo‘shib oldi. Ular kelgusida «Paxtakor»ning shonli tarixini qaytarishda va jamoa yutuqlariga o‘z hissalarini qo‘shadi deb ishonamiz», - degan klub bosh direktor Adisman.
Sherzod A'zamov va Eldor Suyunov birinchi davrani «Nasaf» safida o‘tkazgan, Zabihillo O‘rinboyev esa «Olmaliq» sharafini himoya qilgandi.
Tiago Bezerraning oxirgi jamoasi Turkiyaning «Adana Demirspor» klubi bo‘lgan, Gidi Kanuk esa o‘tgan mavsumni «Makkabi Petax Tikva» jamoasida o‘tkazgan.
Eslatib o‘tamiz, mavsum davomida yangi bosh murabbiy Shota Arveladzeni Toshkentga taklif etgan, yangi rahbariyat qo‘liga o‘tgan «Paxtakor» bungacha «Rostov»dan chernogoriyalik Marko Simichni transfer qilgandi.
Mavzuga oid
17:43 / 25.04.2026
Superliga. «Paxtakor» va «Neftchi» ta’qibchilardan ilgariladi
17:07 / 20.04.2026
Superliga. Peshqadamlar poygasi va «Bunyodkor»dan superkambek
21:18 / 09.04.2026
«Paxtakor» Farg‘onada «Neftchi»ni mag‘lub etib, Superligada peshqadam bo‘lib oldi
13:12 / 16.03.2026