Jamiyat | 10:17 / 12.07.2017
23965
2 daqiqa o‘qiladi

“Abituriyent ovi” baroridan kelmadi

Xolmurod Xoliqov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti talabasi bo‘lishni niyat qildi. Tanishi, shu institutning 1-bosqich talabasi Komiljon Jo‘rayev bir kuni unga antiqa taklif aytib qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Nima emish, uch ming “ko‘k”idan bersa, zo‘r joylarda ishlaydigan tanishlari orqali institutning kimyo-texnologiya fakultetiga byudjyet asosida o‘qishga kiritib qo‘yar emish.

Abituriyent va “hojatbaror” talaba Qarshi shahridagi savdo do‘konlaridan birining yonida uchrashishdi. Xolmurod kelishilgan pulning yarmini olib kelganini aytdi. Komiljon pulni olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari tomonidan qo‘lga olindi.

Talaba tadbir davomida o‘z qilmishidan pushaymon bo‘lib, pulni tanishi O.Yo‘lchiyevga berishi kerakligini, u Xolmurodni 3000 AQSh dollari evaziga o‘qishga kiritishga va'da berganini aytdi.

X.Xoliqovning arizasi bilan boshlangan tezkor tadbir yana davom ettirildi. O.Yo‘lchiyev xizmat mashinasida K.Jo‘rayevdan 1500 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlandi.

Sud hukmi bilan ikki “hojatbaror” qilmishlariga yarasha jazoga tortildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid