Jahon | 08:04 / 12.07.2017
5691
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh Shimoliy Koreyaning yadro dasturi rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi

AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Maykl Pompeoning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar KXDRga yadro va raketa dasturini rivojlantirishga imkon bermaydi.

U Pxenyan 4 iyul kuni qit'alararo ballistik raketa sinovinini o‘tkazganini yana bir bora takrorlab o‘tgan.

«O‘tgan haftada ko‘rganimizdek, Shimoliy Koreya raketa uchirdi, u avvalgi barcha raketalardan ko‘ra uzoq masofaga yo‘l oldi. Bu jiddiy tahdiddan darak beradi», - deya uning so‘zlarini keltiradi TASS.

MRB direktori bunday bayonot bilan «Razvedka va milliy xavfsizlik alyansi» nodavlat tashkiloti tomonidan tashkillashtirilgan tadbir davomida chiqish qilgan.

«Buni to‘xtatish payti keldi», - degan Pompeo.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid