Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi tez tibbiy yordam bo‘limlariga DAMAS avtomashinalari berildi
Oltinko‘l tumanida viloyat hokimi Shuhratbek Abdrahmonov tibbiyot xodimlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Unda birlamchi tibbiyot muassasalari, oilaviy poliklinikalar, patronaj xizmati, tez tibbiy yordam tizimining faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha masalalar ko‘rilib, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifatini oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Tadbir davomida viloyatning shahar va tumanlarida faoliyat yuritayotgan tez tibbiy yordam bo‘limlariga 46 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport vositasi berildi. Andijonda yil boshidan beri tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi muassasa va oilaviy poliklinikalarga jami 136 ta jihozlangan Damas avtomashinasi taqdim etilgan.

Joylarda ish olib boruvchi mazkur tibbiyot muassasalarga avtomashinalarni berilishi aholiga ko‘rsatiladigan tez tibbiy yordam sifatini oshirilishiga xizmat qiladi.





Kun.uz muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Mavzuga oid
10:44 / 07.07.2026
Buvi va nabiraning fojiali o‘limi: Andijondagi YTH qasddan odam o‘ldirish deya malakalanishi kerak
10:20 / 03.07.2026
Andijonda davlat zaxirasidagi yerni 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi
10:00 / 01.07.2026
Andijonda do‘ppisi ichiga 35 ming dollar yashirgan yo‘lovchi ushlandi
16:27 / 26.06.2026