Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
So‘nggi talvasa. Terrorchilar Iroqdagi shaharni «Mustaqil davlat» deb e'lon qilishdi
Xalqaro terrorchilik tashkiloti IShIDning jangarilari ortga chekingan sari vahshiylashmoqda. Ular juda ko‘plab ommaviy qatllarni amalga oshirishmoqda.
Bugun, 13 iyul kuni terrorchilar Mo‘sul yaqinida o‘zlari haqida yana ma'lum qilishdi. Iroqning Tel-Arfa shahri terrorchilar tomonidan «Mustaqil davlat» deb e'lon qilingan.
Ya'ni, bu «davlat» IShID e'lon qilgan «xalifalik»ga ham bo‘ysunmaydi. O‘z-o‘zidan mahalliy hokimiyatga ham. Bu haqda Al Sumariya telekanali ma'lum qilgan.
Telekanalga asoslanib, RIA Novosti nashri xabar berishicha, bu yerda ommaviy qatl amalga oshirilgan va terrorchilar shaharni to‘liq o‘z nazoratlariga olishgan.
Tel-Arfa 2014 yildan buyon terrorchilar tasarrufida. Ayni vaqtda Iroq armiyasi bu shaharni ozod etish uchun harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
11:39 / 01.12.2025
AQSh va Suriya qo‘shma operatsiyasi: IShID qurol omborlariga zarbalar berildi
11:49 / 14.11.2025
Malida jangarilar tiktokchi qizni qatl etdi. Mamlakat poytaxti xavf ostida
10:00 / 10.10.2025
Germaniya sudi IShID jangarisini Tojikistonga deportatsiya qilishga ruxsat berdi
19:10 / 04.07.2025