Jahon | 11:29 / 14.07.2017
13492
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Rossiyadan S-400 ZRKlarini xarid qiladi

Foto: in24

Anqara Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslari uchun 2,5 mlrd dollar to‘lashga tayyor. Bu haqda Bloomberg agentligi Turkiyadagi o‘z manbasiga asoslangan holda xabar qilmoqda

Turkiyaning yuqori lavozimli mulozimining ma'lum qilishicha, kelgusi yili mamlakat Rossiyadan 2ta S-400 batareyasini xarid qiladi. Keyinchalik, Turkiyaning o‘zida yana shuncha kompleks quriladi. "Rosoboroneksport" vakili, o‘z navbatida, bu bitimni izohlashdan bosh tortdi, deb yozadi agentlik. 

Turkiya avval ham Rossiya ZRKlarini xarid qilishga tayyor bo‘lgan, biroq NATO pozitsiyasi sababli bitim amalga oshmagan edi. Anqara, shuningdek, Vashington bosimi tufayli Xitoyning shu kabi tizimlarini xarid qilish rejasidan voz kechishga majbur bo‘lgan edi, deb yodga oladi Bloomberg.

Garchi, Rossiya qurol-yarog‘lari tizimi NATOnikiga mos kelmasa-da, Turkiya ularni alyans rahbariyati tomonidan qabul qilingan cheklovlar amal qiladigan mintaqalar, jumladan Armaniston, Gretsiya va Egey dengizi sohillariga joylashtirishi mumkin, degan agentlik manbasi. Bundan tashqari, Rossiya komplekslari "o‘ziniki-begona" tanish tizimlariga ega bo‘lmaydi, bu esa qurollardan har qanday nishonni urib tushirishda foydalanish imkonini beradi. 

Maqolada aytilishicha, bu Turkiya NATOdan yuz o‘girayotganini anglatadi. So‘nggi yillarda mamlakatning alyans a'zolari bilan munosabatlari prezident Erdo‘g‘anning Iroq va Suriyaga nisbatan birmuncha mustaqil siyosati tufayli murakkablashdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid