Jahon | 14:54 / 15.07.2017
7067
1 daqiqa o‘qiladi
Germaniya: «Berlin Misrda nemis fuqarolari o‘ldirilganidan «qattiq g‘azabda»
GFR TIV vakilining ma'lum qilishicha, Berlin Misrning Xurgada shahrida pichoq bilan qurollangan jinoyatchining dam oluvchilarga hujum qilgani, natijada Germaniyaning ikki fuqarosi halok bo‘lganidan qattiq g‘azabda. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«Germaniyaning ikki nafar fuqarosi Xurgadada halok bo‘ldi. Bizdagi ma'lumotga ko‘ra, hujum xorijiy sayyohlarga qarshi qaratilgan bo‘lgan, bu esa bizda qayg‘u, tushunmovchilik va g‘azab keltirib chiqardi», - deya aytib o‘tishgan tashqi siyosat idorasi vakillari.
Avvalroq Misrdagi kurortda hujum yuz berib, xorijlik sayyohlar o‘ldirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:53 / 07.11.2024
Misr Samarqand viloyati tuman va shaharlarida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilishi mumkin
12:32 / 06.11.2024
Misr Navoiydagi mis konida burg‘ilash ishlarini boshladi
10:00 / 31.10.2024
Netanyahu: Misrning 48 soatlik otashkesim haqidagi taklifi Isroilga taqdim etilmadi
14:30 / 29.10.2024