Jahon | 10:19 / 15.07.2017
13041
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro o‘zini Saddam Husaynga o‘xshatdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro o‘zini Iroqning sobiq yetakchisi Saddam Husayn bilan tenglashtirdi. Bu haqda El Nacional xabar bermoqda.

«Men Saddam Husaynga... tirik Saddam Husaynga o‘xshayman», - degan Maduro Karakasdagi chiqishi davomida.

Ta'kidlanishicha, Venesuela rahbari milliy gvardiya libosini kiyib olgan bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Saddam Husayn Iroqqa 1979-2003 yillar davomida rahbarlik qildi. 2003 yilning martida AQSh prezidenti kichik Jorj Bush ma'muriyati Iroq hukumatini ommaviy qirg‘in qurolini yaratish va xalqaro terrorizmga ko‘maklashishda aybladi.

Husayn 2003 yilning 13 dekabr kuni qo‘lga olindi, uch yil o‘tib esa qatl qilindi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid