Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident: «Tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak»
Davlat rahbari Yunusobod tumanidagi «Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazida bo‘lib, shifokor va bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Kattalar va bolalarni konservativ va jarrohlik yo‘li bilan davolash ishlarini yo‘lga qo‘yish, ushbu yo‘nalishda xorijning nufuzli klinikalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, malakali mutaxassislarni jalb etish loyihasi bilan tanishdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

«Shifo Nur» ko‘ptarmoqli tibbiyot markazi 2013 yilda tashkil etilgan. 36 o‘rinli markazda 60 dan ortiq malakali shifokor oftalmologiya, plastik jarrohlik amaliyotlari, pediatriya, kardiologiya, nevrologiya, ginekologiya, otolaringologiya, stomatologiya, fizioterapiya va optika yo‘nalishlari bo‘yicha aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatmoqda.
Tibbiyot muassasalarini zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlash, tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish kerak, dedi Prezident. Amaliyotga eng zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bilan birga, ulardan samarali foydalanishni ham ta'minlash, shifokorlar bilimi va malakasini muttasil oshirib borish zarur.
Mavzuga oid
20:28 / 03.06.2026
O‘zbekistonlik shifokor 5000 kilometr masofadan turib operatsiya o‘tkazdi
10:22 / 14.03.2026
Yunusobodda yangi qurilayotgan turar joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi
10:20 / 24.02.2026
Yunusobodda 2 gektar yerni 9 mln dollarga sotishga urinish fosh etildi
20:32 / 03.01.2026