Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyaning Turkiyadagi yangi elchisi Anqaraga keldi
Rossiya federatsiyasining Turkiya jumhuriyatidagi yangi elchisi Aleksey Yerxov xizmat vazifasini o‘tash uchun Anqaraga yetib keldi. U mamlakat parlamentida davlat to‘ntarishi urinishiga bir yil to‘lishi munosabati bilan tashkil etiladigan maxsus yig‘ilishda qatnashadi. Bu haqda RFning Turkiyadagi elchixonasi press-attashesi Aleksandr Leshukov RIA Novostiga ma'lum qilgan.
Joriy yil iyun oyida RF prezidenti Vladimir Putin Yerxovni Rossiyaning Turkiyadagi elchisi etib tayinlagan edi. Yerxov avvalroq Misrdagi elchixonada ishlagan, keyinroq Rossiyaning Istanbuldagi bosh konsuli lavozimida faoliyat yuritgan.
"Rossiyaning yangi elchisi Aleksey Yerxov bugun Anqaraga uchib keldi. Aeroportda uni Turkiya TIV Hujjatlar departamenti direktori Shavqi Mutavallio‘g‘li kutib olgan. Ishonch yorliqlarining nusxalari dushanba kuni topshiriladi", — degan agentlik suhbatdoshi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, ishonch yorliqlari topshirilmaganiga qaramay, Yerxov Turkiya parlamenti raisi Ibrohim Qahramonning maxsus taklifiga binoan mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan kelishilgan holda parlamentning maxsus yig‘ilishida qatnashadi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning Turkiyadagi avvalgi elchisi Andrey Karlov 2016 yil 19 dekabrda Anqaradagi ko‘rgazma ochilishida otib o‘ldirilgan edi. Jinoyatchi bir necha marta elchining orqasidan o‘q uzgan, jarohatlar uning o‘limiga sabab bo‘lgan. Politsiya amaliyotida qotil ham o‘ldirilgan edi.
Mavzuga oid
09:14
Tramp: Ukrainada tinchlik ko‘pchilik o‘ylagandan ham yaqin
23:13 / 06.07.2026
Putin Ukraina bilan urushni tugatmoqchi – Tramp
21:57 / 06.07.2026
Ukraina dronlari ilk bor Omsk neftni qayta ishlash zavodiga hujum qildi
10:15 / 06.07.2026