Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Armiyaga yuborish uchun 4 mln so‘m talab qilgan shifokor ushlandi
Nurobod tumanilik Davron yigitlik burchini o‘tashni – Qurolli Kuchlar safida xizmat qilishni orzu qilar edi. Tuman mudofaa ishlari bo‘limiga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kelib, tibbiy ko‘rikdan o‘tayotganda esa shifokor Og‘abek Berdiyev (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) undan “kamchilik” topdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
- Qulog‘ing yaxshi eshitmas ekan. Sen armiyaga borolmaysan, - dedi shifokor Davronni obdon kuzatar ekan.
Yigitning “sog‘lig‘imdan shikoyatim yo‘q, qayta tekshirib ko‘ring”, degan so‘zlarini vrach eshitmaslikka olib, maqsadga ko‘chdi.
- Uydagilaringga borib ayt, 4 mln. so‘m bersang, mudofaa bo‘limi boshlig‘i bilan gaplashib, armiyaga jo‘nashingga yordam beraman, - deya yigitni chiqarib yubordi.
O.Berdiyevning gaplaridan achchiqlangan Davron uyiga kelib, bo‘lgan voqeani dadasiga aytib berdi. Hamid aka oldiniga tutaqdi, keyin o‘g‘lini boshlab, Samarqand shahriga jo‘nadi. U yerda shifokorning huzuriga kirishdi.
- O‘g‘lingizning qulog‘ida hech qanday muammo yo‘q, - dedi shifokor tekshiruvlardan so‘ng. – Aftidan, anglashilmovchilik bo‘lgan.
Hamid aka anglashilmovchilik emas, qing‘irlik bo‘layotganini anglab yetdi. Bo‘layotgan voqealar xususida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qildi. Shifokor uchrashuv joyini tushuntirib, darrov yetib borishini aytdi. Kelishilgan joyda pulning bir qismini olgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan qo‘lga olindi.
Sud Og‘abek Berdiyevga tegishli jazo tayinlab, hukm chiqardi.
Mavzuga oid
17:56 / 07.05.2026
Armiyada sun’iy intellekt va dronlar davri: prezident yangi vazifalarni belgiladi
17:59 / 06.05.2026
Samarqandda xatna fojiasi: sog‘lom bolalarni nosog‘lom tizim o‘ldirdi
21:10 / 03.05.2026
Namanganda ayol ukol olayotganda vafot etgani bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
07:33 / 08.04.2026