Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bali open-2017: O‘zbekistonlik dzyudochilar beshta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
Indoneziyaning Bali provinsiyasida 13-16 iyul kunlari sportning dzyudo turi bo‘yicha Bali open-2017 xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada qatnashgan o‘zbekistonlik dzyudochilar qator medallarni qo‘lga kiritishdi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Jumladan, o‘zbekistonlik 13-16 yoshli sportchi o‘smirlardan Usmonjon Yusufjonov (36 kg.), Xumoyun Hayitov (41 kg.), Behro‘z Jabborov (45 kg.) va Normurod Ahmedov (+50 kg.) o‘z vazn toifalarida oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Saidamir Anvarov (45 kg.) ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Kattalar bahsida esa Bobur Rizayev (73kg.) birinchi o‘rin, Anvarjon Muqimov (90kg.) ikkinchi o‘rin va Ulug‘bek To‘rayev (81 kg.) uchinchi o‘rin sohibi bo‘lishdi

Jamoada umumiy medallar soni 8 taga yetdi.
Mavzuga oid
23:41 / 14.09.2025
Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldi
22:05 / 03.07.2025
Toshkentdan Baliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reys qo‘yildi
10:41 / 03.07.2025
Bali sohillari yaqinida parom cho‘kib ketdi
18:00 / 26.06.2025