Jahon | 18:06 / 17.07.2017
3489
1 daqiqa o‘qiladi

Chernogoriyada kamida 100 sayyoh evakuatsiya qilindi

Chernogoriyadagi sohilbo‘yida hordiq olayotgan kamida 100 nafar sayyoh yong‘inlar tufayli xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, kuchli shamol sabab olov Lushtitsa yarim oroli bo‘ylab tarqaldi va xonadonlar hamda dam olish hududlariga qadar yetgan. Hukumat ma'lumotiga ko‘ra, kishilarni evakuatsiya qilish uchun flot ham jalb etildi.

Shuningdek, Adriatika dengizining Xorvatiya qirg‘og‘ida ham yong‘inlar yuz bergani haqida xabar berilgan, u yerda hozircha turar-joy binolariga xatar yo‘q.

Avvalroq Kanadada o‘rmon yong‘inlari sabab 37 mingga yaqin inson evakuatsiya qilingani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid