Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eron AQShni ogohlantirdi
Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (EIQK) Amerika tomonini, agarda ular EIQKni terrorchilik guruhlariga tenglashtirsa hamda yangi sanksiyalarni kiritsa, bu AQShning mintaqadagi qo‘shinlari uchun yomon oqibatlar keltirib chiqarishi bilan ogohlantirdi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«EIQKni terrorchilik guruhlariga tenglashtirish va unga qarshi yangi sanksiyalarni kiritish – Amerika va uning mintaqadagi harbiy bazalari hamda kuchlari uchun katta xatar keltirib chiqaradi», - deya aytib o‘tdi qurolli kuchlar shtabi boshlig‘i general-mayor Muhammad Bakeriy.
Shu bilan birga, u amerikalik harbiylar bunday holatda nimaga duch kelishlariga oydinlik kiritmadi.
Eron islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi – Erondagi nufuzli harbiy-siyosiy guruh bo‘lib, mamlakatda milliardlab aktivlarga ega. Shuningdek, u Eron siyosiy tizimiga jiddiy ta'sir ham o‘tkaza oladi, deya ta'kidlaydi agentlik.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026