Jahon | 19:37 / 17.07.2017
7306
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada rekord miqdorda kokain musodara qilindi

Foto: Getty Images

Germaniyaning Hamburg portida shu yilning mart-may oylarining 6 haftasi davomida rekord miqdordagi kokain musodara qilindi. Bu haqda dpa agentligi bojxona bosh direksiyasi rasmiy vakili Shteffan Kirsh ma'lum qilgan.

Kirsh 3ta maxsus amaliyotlar chog‘ida musodara qilingan giyohvand moddalarning hajmiga oydinlik kiritmagan bo‘lsa-da, gap "ko‘plab tonna kokain haqida" borayotganini aytgan.

RIA Novostiga ko‘ra, agentlik boshqa tafsilotlarni keltirmagan. Ushbu holat bo‘yicha rasmiy ma'lumot 20 iyul kuni e'lon qilinadi, deb xabar qiladi dpa.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid