Xakerlar iPhone foydalanuvchilariga spam yordamida hujum qildi
Jinoyatchilar aldov yo‘li bilan Apple foydalanuvchilaridan bank kartalari ma'lumotlarini talab qilmoqda hamda iTunes Store’dagi haqiqiy bo‘lmagan xarid haqida spam-xatlarni yubormoqda. Bu haqda ESET matbuot-relizida aytiladi.
Soxta xatlar foydalanuvchiga xonanda Riannaning albomi xaridi haqida xabar beradi va xaridni amalga oshirsa, xabarga e'tibor bermaslik, yoki havola bo‘ylab tranzaksiyani bekor qilish uchun o‘tishni taklif qiladi. Havola soxta saytga olib kiradi, u yerda esa Apple ID, maxfiy so‘z va boshqa shaxsiy ma'lumotlarni (ism, telefon raqami, tug‘ilgan yil va bank kartasi ma'lumotlarini) kiritish so‘raladi.
Foydalanuvchi anketani to‘ldirgach, iTunes’ning haqiqiy saytiga kiradi, xakerlar esa keyinchalik jinoiy maqsadlarda qo‘llashlari mumkin bo‘lgan ma'lumotlarni olishadi.
Mavzuga oid
12:58
Mobil qurilmalar erasi: eng ko‘p sotilgan telefonlar
21:56 / 08.11.2024
iPhoneʼning yangi funksiyasi politsiyachilarning zarariga ishlamoqda - OAV
16:30 / 29.10.2024
Indoneziyada iPhone 16 sotuvi taqiqlandi
22:39 / 28.10.2024