Jahon | 10:50 / 17.07.2017
5090
1 daqiqa o‘qiladi

Kanadada 37 mingga yaqin inson evakuatsiya qilindi

Foto: Reuters

Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi viloyatida taxminan 37 ming kishi o‘rmon yong‘inlari tufayli evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda CBC telekanali.

Ta'kidlanishicha, o‘rmon yong‘inlarini bartaraf etish ishlariga qariyb 2,9 ming kishi va 203 ta havo kemasi jalb etilgan.

Viloyatning o‘rmon xo‘jaligi vaziri Jon Rastadning so‘zlariga ko‘ra, hukumat o‘rmon yong‘inlari bilan kurashga o‘nlab million dollar mablag‘ sarflab bo‘ldi.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, hozirgi paytda Britaniya Kolumbiyasida 162 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid