Jahon | 15:48 / 17.07.2017
10717
1 daqiqa o‘qiladi

Kreml IShID yetakchisining o‘limi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi

Foto: AP

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma'lum qilishicha, Kreml IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy halok bo‘lganini tasdiqlovchi ma'lumotlarga ega emas. Bu haqda «Gazeta.ru» xabar bermoqda.

«Bizda aniq ma'lumotlar yo‘q, ular bir-biriga zid bo‘lib, bizning tegishli xizmatlarimiz tomonidan tekshirilmoqda», - deya izoh berdi Peskov al-Bag‘dodiyning o‘limi haqidagi xabarlarga.

Avvalroq kurd aksilterrorchilik kuchlarining yuqori mansabli vakili Lahur Talabaniy al-Bag‘dodiy katta ehtimol bilan tirik ekani va Raqqa shahridan janubda yashiringanini ma'lum qilgandi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid