Sport | 12:51 / 17.07.2017
11345
1 daqiqa o‘qiladi

Neymarga «Barselona»dan ketishni maslahat qilishdi

«Barselona» hujumchisi Neymarning atrofidagi kishilar uni boshqa klublardan takliflarni ko‘rib chiqishni maslahat qilishdi. Bu haqda Sport nashri xabar tarqatgan.

Agentlar va qarindoshlar futbolchiga u katalonlar klubidan ketishi shartligi, u bu jamoada Lionel Messi soyasida qolib ketayotgani va argentinalik futbolchi tufayli shaxsiy mukofotlarga erisha olmayotgani haqida gapirishgan.

Neymarning xizmatlariga Yevropadagi qator klublardan takliflar mavjud bo‘lib, qarindoshlar u bu takliflardan birini qabul qilishi kerakligini aytishgan.

Neymarning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar tuzilgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid