Jahon | 11:57 / 17.07.2017
5708
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada 7 mln kishi Nikolas Maduroga qarshi ovoz berdi

Foto: Reuters

Venesuelada muxolifat tomonidan o‘tkazilgan “xalq referendumi”da milliy ta'sis yig‘ilishini chaqirishga qarshi 7 mln.dan ortiq inson ovoz berdi. Bu haqda Reuters muxolifat vakillariga asosan xabar bermoqda

Karakasdagi ovoz berish jarayoni davomida navbatda turgan saylovchilarga noma'lum shaxslar hujum qilgan, natijada keksa yoshli ayol halok bo‘lib, bir necha kishi jarohatlandi.

Xorijiy siyosatchilarning fikricha, muxolifat referendumi prezident Nikolas Maduroga qarshi 3,5 oylik namoyishlar vaqtidagi eng yirik chaqiriq bo‘lib, ushbu hodisalar oqibatida 95 kishi o‘ldirildi, 500 ga yaqin inson jarohatlandi va 1,5 mingdan ko‘proq fuqaro qo‘lga olindi. Ovoz berish mamlakatdagi 2 ming va xorijdagi 500 ta uchastkalarda bo‘lib o‘tdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid