Jahon | 08:48 / 18.07.2017
4863
1 daqiqa o‘qiladi

Gvatemalada yo‘llarning yomon holati sabab favqulodda holat e'lon qilindi

Gvatemala prezidenti Jimmi Morales mamlakatdagi yo‘llarning achinarli ahvoli sabab favqulodda holat e'lon qildi.

«Vazirlar kengashi Gvatemala hududida joylashgan yo‘llarda favqulodda holat e'lon qildi», - deyiladi mamlakat hukumatining Twitter’dagi xabarida.

Prensa Libre’ning xabar berishicha, davlat rahbari tegishli farmonni imzolab bo‘lgan.

Moralesning aytishicha, yo‘llarning yomon holatiga asosiy sabab – korrupsiyadir. Shu sababdan hukumat korrupsiya sxemalarida ishtirok etuvchi qurilish kompaniyalarini tugatishga imkon beradigan qonunchilik tashabbusini o‘rganib chiqish niyatida.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid