Jahon | 19:48 / 18.07.2017
17021
1 daqiqa o‘qiladi

Le Pen irqchilik kayfiyatidagi so‘zlari uchun sud oldida javob beradi

Fransiyaning “Milliy front” partiyasi asoschisi Jan-Mari Le Pen irqiy nafratga undagani uchun sud oldida javob beradi, deb xabar qilmoqda AFP suddagi manbaga asosan.

Xabar qilinishicha, Parijdagi sudda Milliy frontning rais o‘rinbosari Jan-Fransua Jalk ham javob beradi. U partiya saytida fitna kayfiyatiga ega videomateriallarni e'lon qilgan.

Agentlikning xabar berishicha, Le Penning asli kelib chiqishi yahudiy bo‘lgan aktyor Patrik Bryuelga nisbatan bergan izohlari shunday holatga sabab bo‘lgan. Bu izohlar 2014 yilgi videointervyuda bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid